Vazir jamg'armasidan to‘lanadigan ustamalarga kimlar nomzod bo‘la oladi va berilish tartibi qanday?

Vazir jamg'armasidan to‘lanadigan ustamalarga kimlar nomzod bo‘la oladi va berilish tartibi qanday?
Hukumatning 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga ko’ra, nomzodlar quyidagicha tanlanadi: — taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan, belgilangan kvota doirasida pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi bosqichi — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash natijalariga koʻra umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachilari.
Vazirlik har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan yillik sonini har yili 20-yanvarga qadar belgilaydi;
Ishchi guruh tomonidan ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni saralab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqichda — kvota belgilangan yildan avvalgi yilning yanvar — iyun va sentyabr — dekabr oylarida bo'lib o'tgan attestatsiyadan oʻtkazishning birinchi bosqichi natijalari har yili 1-martga qadar tahlil qilinadi va nomzodlar roʻyxati shakllantiriladi.

2-bosqichda — 1-bosqich yakunlangandan soʻng 60 ish kuni ichida tanlab olingan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash jarayonlari videoyozuvga olinadi.
Saralash natijalariga koʻra Jamgʻarma hisobidan har oylik ustama olishga tavsiya etilgan umumtaʼlim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilariga 2 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlanadi;
Nizomning 10-bandiga muvofiq pedagog xodimlarga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan imtiyoz sifatida berilgan maksimal ball inobatga olinmaydi. 
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-