Endilikda bogʻcha tarbiyachilari va psixologlar ham kasbiy sertifikatlashga jalb etiladi

Endilikda bogʻcha tarbiyachilari va psixologlar ham kasbiy sertifikatlashga jalb etiladi
Hukumatning 2025-yil 24-noyabrdagi 740-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan ‘‘Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy Reglamentiga’’ oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra 2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi lavozimiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyer-tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi. 
Stajyor-tarbiyachilar, shuningdek psixologlar bir yilga ishga qabul qilinadilar, muddat yakunlangandan soʻng, faqat kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar bilan belgilangan tartibda oʻqituvchi yoki mos ravishda psixolog tarbiyachi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-