Buxoroda OAV ishtirokida iste’molchi huquqlarini himoya qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi
Joriy yilning 7 noyabr kuni Buxoro viloyat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga bag‘ishlangan o‘quv seminar o‘tkazildi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, mutasaddi tashkilotlar hamda jamoatchilik ishtirok etdi.
Mutaxassislar tomonidan qonunning amaliy qo‘llanilishi, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga boshqarma mas’ullaridan batafsil javob olishdi. Suhbat jarayonida iste’molchi madaniyatini yuksaltirish, aholining huquqiy ongi va savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham yoritib o‘tildi.
Mazkur seminar aholining manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish, shuningdek, bu yo‘nalishda OAV bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Mutaxassislar tomonidan qonunning amaliy qo‘llanilishi, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga boshqarma mas’ullaridan batafsil javob olishdi. Suhbat jarayonida iste’molchi madaniyatini yuksaltirish, aholining huquqiy ongi va savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham yoritib o‘tildi.Mazkur seminar aholining manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish, shuningdek, bu yo‘nalishda OAV bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.