NAVOIYDA “IYUL – KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” TADBIRLARIGA START BERILDI

NAVOIYDA “IYUL – KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” TADBIRLARIGA START BERILDI
Navoiy viloyatida “Iyul – kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb e’lon qilinib, viloyat hokimligi, viloyat IIB va boshqa mutasaddi tashkilotlar  tomonidan joylarda davra suhbatlari, seminar-treninglar, sport musobaqalari, turli tanlovlar o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan 2024-yil 1-iyulda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Navoiy viloyati hokimligi, viloyat IIB, viloyat AOKB tomonidan korxona va tashkilotlar rahbarlari, jurnalist va blogerlar hamda keng jamoatchilik vakillari, viloyat faollari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda viloyatda kiberxavfsizlik holati, yuzaga kelayotgan jinoyatlar va oddiy odamlarning firibgarlar tuzog‘iga tushib qolayotgani sabablari tahlil qilindi.
Jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga viloyat IIB xodimlari atroflicha javob berishdi. Keng jamoatchilik faollari bildirgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, mazkur oylik davomida barcha birdek mas’uliyat va faollik bilan, samarali hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.
Fuqarolarni kiber xurujlar xavfidan ogoh etish maqsadidagi "Cyber month" — kiber oyligi davomida belgilangan aholi orasidagi keng ko‘lamdagi tushuntirish ishlari joylarda davom etmoqda.
 Tadbirda oylik davomida 13ta yo‘nalish bo`yicha turli sovrinli tanlovlar bo‘lib o‘tishi, tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi haqida ham aytib o‘tildi. 
 
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-