Hududlarda aholini zarur dori vositalari bilan taʼminlash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Hududlarda aholini zarur dori vositalari bilan taʼminlash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Bugun  Milliy matbuot markazida “Dori-Darmon”aktsiyadorlik kompaniyasining  matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Unda “Farg‘ona Dori-Darmon” Boshqaruv raisi  Muhammadamin Tursunov hamda “Buxoro Dori-Darmon” MChJ direktori Dilmurod Аxatov viloyat aholisini zarur dori vositalari bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berib o‘tdi.
Respublikamizda faoliyat olib borayotgan jamiyatlar aholini va davolash profilaktika muassasalarini zarur dori-darmonlar bilan o‘z vaqtida taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi hududida va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan tayyor dori-vositalari, substantsiyalar, tibbiy yunalishdagi farmatsevtik mahsulotlar bilan chakana va ulgurji savdo faoliyatini amalga oshiradi.

2024 yil I-chorak  davomida:
—sogʼliqni saqlash vazirligiga qarashli davolash profilaktika muassasalariga  – 44,7 mlrd. so‘mlik, 
— boshqa davolash profilaktika muassasalariga – 5,3 mlrd. so‘mlik,
— xususiy sektorga – 9,3 mlrd. so‘mlik,
— harbiy davolash muassasalariga – 1,4  mld. so‘mlik,
— QVP va QOPlarga –23,1 mld. so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazilgani alohida aytib o'tildi.Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlari sohaga oid  o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-