Buxoroda bir nechta tarixiy yodgorlik buzilishi natijasida salkam 300 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Buxoroda bir nechta tarixiy yodgorlik buzilishi natijasida salkam 300 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Buxoroda bir nechta tarixiy yodgorlik buzilishi natijasida salkam 300 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Buxoroning Romitan tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, hududda joylashgan 5 ta arxeologiya yodgorligiga turli sabablarga ko‘ra jami 291,4 mlrd so‘mlik jiddiy shikast yetkazilganligi aniqlandi.
Xususan, noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilganligi sababli, o‘rta asrlarga oid “Tepa 9” arxeologiya merosi obyektiga 269,6 mlrd so‘mlik, “Qalai Mullabektepa” yodgorligiga 19,7 mlrd so‘mlik, “Amirtepa” yodgorligiga 1,1 mlrd. so‘mlik, “Xo‘ja Haqqitepa” yodgorligiga 832 mln. so‘mlik va “Tepa-5” yodgorligiga 202 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan.
Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-