Ayol sudyalar sonini oshirish maqsadida 2023/2024-o‘quv yilida xotin-qizlarga qo‘shimcha 12 ta kvota ajratildi

O‘zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlariga ko‘ra, sudyalar orasida xotin-qizlar ulushini 2025-yilda 20 foizga, 2030-yilda 30 foizga yetkazish nazarda tutilgan. 
Ayni paytda O‘zbekistonda sudyalar orasidagi xotin-qizlarning ulushi 14 foizga yetdi..
Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2023/2024-o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilingan.
Tahsillar davlat granti asosida amalga oshirilib, tinglovchilar  oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
O‘quv jarayonlari Sudyalar oliy maktabi binosida olib boriladi, ayol tinglovchilarga o‘zlari istiqomat qiluvchi hududdagi sudlarda amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etiladi (amaliyot o‘tash  jami o‘qish davrining qariyib yarmini tashkil qiladi).
Hujjatlar 2023-yilning 5-iyuniga qadar qabul qilinadi.
Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-