O'zbekistonda OTMlarga ayrim qizlar tavsiyanoma asosida qabul qilinadi
O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagidagi xotin-qizlar uchun yana bir imtiyoz berilmoqda.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-yanvarda qabul qilingan “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ” 21-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Qaror talablariga ko‘ra, buning uchun qizlar “To‘maris izdoshlari" jamoasiga a’zo bo‘lib, IIVdan tavsiyanoma olishlari darkor.
“2023-yil 1-iyundan boshlab
-18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo'lmagan
-umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotli
-biriktirilgan hududda doimiy yashovchi -muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni ko‘ngilli asosda jalb qilish orqali “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati tashkil etiladigan bo‘ldi”, deyiladi qarorda.
“To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari a’zolariga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining tavsiyanomasiga asosan huquq tartibot organlarining oliy ta’lim muassasalariga (Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Milliy gvardiya tizimidagi Jamoat xavfsizligi universiteti) belgilangan tartibda saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi”, deyilgan Qaror talablaridan birida.
Qolaversa, uch oy ichida "To‘maris izdoshlari" jamoaviy guruhlari tashkil etilishi ham belgilangan.

Комментарии (1)