Qaysi tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda solig'i 1% bo'ldi?

Qaysi tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda solig'i 1% bo'ldi?
«Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (PF–287-son, 30.12.2022 y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan:
Respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi va
tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.
2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha soliq solishning  tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan YATTlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi.
2023 yil 1 yanvardan:
4 va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga:
- banklarning kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensasiya;
- banklar kreditlarining 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-