''Prezident sovg‘asi'' kimlarga beriladi va uning tarkibida qanday mahsulotlar bor?

''Prezident sovg‘asi'' kimlarga beriladi va uning tarkibida qanday mahsulotlar bor?
Yangi yil bayramida bolalar uchun tayyorlangan ''Prezident sovg‘asi'':
- ehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari,
-ota-ona qarovisiz qolgan, 
-ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan, 
- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun mo‘ljallangan.
U 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 10 ming nafar bolaga mo‘ljallangan bo'lib, tarkibiga  
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 
-14 turdagi shirinliklar, 
-3 turdagi o‘quv qurollari,
- elektron kitob,
- termos va shaxmat jihozlari kiritilgan.
Shuningdek, joriy yilda mazkur sovg‘alar tarkibiga Mehribonlik uylari, Oilaviy bolalar uylari, SOS bolalar mahallalari hamda “Mehrli maktab”ning 12 yoshdan katta bo‘lgan 1095 nafar tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy elektron kitoblar ham kiritildi.
Bugun mazkur “Prezident sovg‘asi”ning dastlabki karvoni Toshkent shahridan jo‘nab ketdi.
Sovg'alar joriy yilning 29-30 dekabr kunlari hududiy hokimliklar tomonidan o'z egalariga tantanali ravishda topshiriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-