Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Ichki Ishlar Boshqarmasi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimlari tomonidan 2022-yilning boshidan buyon amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani  Ichki Ishlar Boshqarmasi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimlari tomonidan 2022-yilning boshidan buyon amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
O‘tkazilgan tadbirlar davomida 1037 ta  qonunbuzarliklar aniqlangan  bo'lib, shulardan 124 nafar fuqaroda biometrik pasportlarining amal qilish muddatlari tugagan. 26 nafar fuqaro esa propiskasiz yashaganlar, 95 nafar fuqaro pasportini yaroqsiz holga keltirib, foydalanib yurganlar. 36 nafar belgilangan yoshga to‘lgan ammo fuqarolik  pasport olmagan, 824 nafar pasportlarini yo‘qotgan fuqarolarga, shuningdek, 10 nafar O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan chet el fuqarolari va ushbu chet el fuqarolarini qabul qilish qoidasini buzgan 7 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan tegishli ma'muriy bayonnomalar tuzilib, 292.470.000 so‘m miqdorida jarimalar undirilgan. 
Shu bilan birga 2022- yilning o'tgan 11 oyi davomida  10783 nafar fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berilgani ma'lum bo'ldi. 
Bundan tashqari 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirilib, ushbu ID-kartalar tuman Xalq ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda tantanali topshirilib kelinmoqda.

Комментарии (1)

Mansurjon
1
Mansurjon
Omadingizni bersin!!!
Ответить
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-