Buxoro viloyatida fermerni urib ''mashhur''likka erishgan tuman hokimi qamaldi

Buxoro viloyatida fermerni urib ''mashhur''likka erishgan tuman hokimi qamaldi
Xabar.uz nashri ma'lumotlariga ko'ra, Buxoro viloyati  Olot tumanida qarib 10  yil davomida rahbarlik qilgan sobiq hokim qamaldi. Sobiq hokim 2018 yilda fermerni urib, ijtimoiy tarmoqlarda «mashhur»likka erishgan edi.
U  2020 yilda Olot tumani hokimligidan bo‘shatilib, Qorako‘l tumani hokimi etib tayinlangan. 2021 yil 23 dekabr kuni esa ushbu lavozimdan ham olinib, viloyat Fermerlar uyushmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Olot va Qorako‘l tumanlarini boshqargan sobiq hokimning faoliyat olib borgan davri o‘rganib chiqilgan. Davlat mablag‘larining o‘rinli sarflanishini o‘rganish davomida yo‘l qo‘ygan qaltis hatti-harakatlari oshkor bo‘lgach, joriy yilning 17-dekabr kuni  viloyat prokuraturasiga chaqirilgan.Shundan so'ng jinoyat ishi doirasida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-