Endi hokimlik xodimlari “yashil” avtomobillarda harakatlanadi
Endi hokimlik xodimlari “yashil” avtomobillarda harakatlanadi.
2023-2025- yillarda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan umumiy qiymati 7,6 milliard so‘mga teng 19 ta elektromobil va gibrid avtomobil xarid qilinadi. “Yashil” texnologiyalar asosida ishlaydigan va ekologik toza sanalgan bu avtotransport vositalarining 4 tasi kelgusi yilda, yana 5 tasi 2024, qolgan 10 tasi esa 2025 yillarda sotib olinishi mo'ljallangan.
Yaqin uch yil ichida davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, Qashqadaryo viloyati hokimligi, shuningdek, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalar tomonidan xarid qilinadigan elektromobillar va gibrid avtomobillar bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar mamlakat Prezidentining joriy yil 19 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlandi.
Mazkur hujjat barcha sohalarga “yashil” texnologiyalarni faol joriy etish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini qisqartirish kabi maqsadlarga qaratilgan bo'lib, unga ko‘ra, yurtimizda sanoat usulida elektromobillar (ya’ni elektr energiyasi bilan harakatlanuvchi transport vositalari) ni ishlab chiqarish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilmoqda.
Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030 yil 1 yanvarga qadar lisenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Manba: http://qashqadaryogz.uz/read/okimlik-khodimlari-yashil-avtomobillarda-arakatlanadi