Talabalar uchun har oy 1 mln 320 ming soʻm stipendiya to'lanadigan o'quv kurslari tashkil etiladi

Talabalar uchun har oy 1 mln 320 ming soʻm stipendiya to'lanadigan o'quv kurslari tashkil etiladi
Talabalar uchun har oy 1 mln 320 ming soʻm stipendiya to'lanadigan o'quv kurslari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (19.05.2023 206-son) qabul qilindi.
Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi

  axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
—  matematik statistika;
—  algoritmlash asoslari;
—  maʼlumotlarni qayta ishlash;
—  dasturlash tillari (Phthon);
—  ingliz tili;
—  qaror qabul qilish asoslari.
Oʻquv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.
Birinchi oʻquv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.
Taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.
Ushbu kurslarda oʻqish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMlariga akademik mobillik asosida bir yil muddatga koʻchiriladi.
Oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalar(tinglovchilar):
— ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida BHMning toʻrt baravari (1 mln 320 ming soʻm) miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib boriladi;
— Turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi;
— Oʻqishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi;
—  taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;
— IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi taʼminlanadi;
—  Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-