2022-2023 o‘quv yilida 9-sinf o‘quvchilari ham, 11-sinf o‘quvchilari ham 6 ta fandan imtixon topshiradi

2022-2023 o‘quv yilida 9-sinf o‘quvchilari ham, 11-sinf o‘quvchilari ham 6 ta fandan imtixon topshiradi
2022-2023 o‘quv yilida 9-sinf o‘quvchilari ham, 11-sinf o‘quvchilari ham 6 ta fandan imtixon topshiradi

     Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 6 martdagi "2022-2023-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy davlat attestasiyasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi 46-sonli buyrug‘iga ko‘ra quyidagi fanlardan yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladi:
9-sinflar uchun:
-Ona tili va adabiyot (yozma, bayon);
 - Matematika (yozma);
  -O‘zbek tili - ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun / Rus tili - ta’lim rus tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun (og‘zaki);
   - Tarix (og‘zaki);
    - Jismoniy tarbiya (amaliy);
    - O‘quvchining tanlovi bo‘yicha (og‘zaki).

  11-sinflar uchun:
-Ona tili va adabiyot (yozma-insho);
 -  Matematika (yozma);
 - O‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun) / Ta’lim muassasasi tanlovi (yozma va og‘zaki)
-  Chet tili (yozma va og‘zaki);
 - O‘zbekiston tarixi (og‘zaki);
   O‘quvchining tanlovi bo‘yicha (og‘zaki).
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-