Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Haqorat qilganlik – shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6.600.000 so‘mdan 13.200.000 so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:
- 66 mln so‘mgacha miqdorda jarima;
- 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.
Haqorat qilish nashr qilish, boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki OAV orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:
- 66 mln so‘mdan 132 mln so‘mgacha jarima;
- 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
Agarda haqorat qilish:
➖jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;
➖xavfli residivist tomonidan;
➖tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa:
- 132 mln so‘mdan 198 mln so‘mgacha miqdorda jarima;
- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.