14, 16 yoki 18 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni sodir etganlar 20 yilga qamaladi

Aholi orasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, huquqbuzarlik sodir etganlarni esa qilmishiga yarasha jazolash maqsadida xalqaro standartlarni o‘z ichiga qamrab olgan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlari kafolatlarini kuchaytiruvchi yangi qonun imzolandi.
Amaldagi qonunga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan uning roziligi bilan jinsiy aloqaga kirishgan ayblanuvchi jabrlanuvchining yoshini bilmaganligini bahona qilib, javobgarlikdan ozod bo‘lib qolish imkoniyatiga ega edi. Yangi qonunda bunday shaxslarning javobgarligining muqarrarligi ta’minlanib, ayblanuvchi jabrlanuvchining yoshini bilgan bilmaganligidan qat’iy nazar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortiladi.
Bu turdagi jinoyatlarning ijtimoiy xavfzislik darajasi bir pog‘onaga orttirilib, ilgari ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga kiruvchi qilmishlar uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga, uncha og‘ir bo‘lmaganlari esa og‘ir jinoyatlar turkumiga kiritildi.
Masalan, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyati ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar turkumidan (3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish), uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga (5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish), o‘sha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoki boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali sodir etilishi bilan bog‘liq jinoyatlar esa (5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar (8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) turkumiga o‘tkazildi.
Shuningdek, 14, 16 yoki 18 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni sodir etgan shaxsning qilmishi, u jabrlanuvchining yoshidan xabardor bo‘lgan bo‘lmaganligidan qat’iy nazar jabrlanuvchining haqiqiy yoshidan kelib chiqib baholanishi va mutanosib og‘ir jazo, ya’ni 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi nazarda tutilmoqda