Endilikda pora olgan, bergan, vositachilik qilgan 20 yilgacha qamalishi mumkin

Endilikda pora olgan, bergan, vositachilik qilgan 20 yilgacha qamalishi mumkin
Endilikda pora olgan, bergan, vositachilik qilgan 20 yilgacha qamalishi mumkin

Senat jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi qonunni ma'qulladi.
Qonunga ko‘ra:
- Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (205-modda) hamda Hokimiyat harakatsizligi (208-modda) jinoyatlari g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;
- pora olganlik (210-modda), pora berganlik (211-modda) va pora olish-berishda vositachilik qilganlik (212-modda) uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi belgilanmoqda.

Shu bilan bir qatorda poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi, korrupsiyaga oid og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish qo‘llanilmasligi belgilanmoqda.

Eslatib o'tamiz: Qonun Prezident tomonidan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-