Toshkentda sudya pora bilan ushlandi

Toshkentda sudya pora bilan ushlandi
Toshkentda sudya pora bilan ushlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi I. B. pora olayotganda ushlangan.
Sudyalar oliy kengashi Bosh prokurorning taqdimnomasini qanoatlantirib, sudyani Jinoyat kodeksi 210-modda 2- qismi “v” bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bergan. Shuningdek ushbu sudyaning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.
Ma’lumot uchun: JK 210-moddasi ikkinchi qismi "v" bandi tamagirlik yo‘li bilan pora olishda ifodalangan jinoyat bo‘lib, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-