“Qamchiq” dovoni yopilgandan so'ng fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

“Qamchiq” dovoni yopilgandan so'ng fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Qamchiq” dovoni yopilgandan so'ng fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Hududda qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli,  15 fevral kuni soat 22:40 dan boshlab A-373 xalqaro avtomobil yo‘li vaqtincha yopildi.
FVV va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida fuqarolarga  “Ohangaron – Angren – Pop” yo‘nalishida maxsus poyezd reysi tashkil etdi. Bugun tonggi soat 05:20 da 200 nafardan ortiq yo‘lovchi Pop vokzaligacha poyezdda evakuatsiya qilindi.
Shu bilan birga “Pop – Angren” yo‘nalishida ham fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-