Afrosiyob poyezdida Buxoro - Toshkent yo'nalishida ketayotgan 269 nafar yo'lovchiga chipta pullari nima sababdan qaytarib berildi?

Afrosiyob poyezdida Buxoro - Toshkent yo'nalishida ketayotgan 269 nafar yo'lovchiga chipta pullari nima sababdan qaytarib berildi?
O'zbekiston temir yo‘llari AJ ning xabar berishicha 2023-yil 1-yanvar kuni "Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi 769-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harkatlanuvchi elektropoyezdi elektr kuchlanishli sim tarmog‘idagi nosozlik sababli “Yangi Chinoz – Chinoz” peregon oralig‘ida to‘xtab qoldi.
Yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida 20:35 da Toshkent-Shimoliy vokzalidan zahira “Afrosiob” elektrpoyezdi  jo‘natildi va ushbu poyezd Chinoz bekatiga 21:05 yetib bordi,  269 nafar yo‘lovchi zaxira poyezdiga xavfsiz o‘tkazildi va poyezd Toshkent-Markaziy vokzaliga 22:05da yetib keldi.
Yo‘lovchilarga yo‘l davomida qo‘shimcha issiq choy-kofe va oziq-ovqat bepul tarqatildi. 269 nafar yo‘lovchiga chipta narxi to‘liq qaytarib beriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-