Tojikistonda qor ko‘chkisi oqibatida 10 nafar inson vafot etdi

Tojikistonda qor ko‘chkisi oqibatida 10 nafar inson vafot etdi
Tojikistonda qor ko‘chkisi oqibatida 10 nafar inson vafot etdi

Tabiiy ofat oqibatida 22 ta turar-joy binosi, yaʼni 4 ta uy toʻliq, 18 tasi qisman zarar koʻrgan.
Chorshanba kuni Tojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyati maʼmuriy markazi Xorugʻ shahrida bir necha uyga qor koʻchkisi tushishi oqibatida sakkiz kishi halok boʻldi. Mamlakatning boshqa viloyatlarida ham qor koʻchkisi oqibatida yana ikki kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu haqida “Xovar” nashri xabar qildi.
15-fevral kuni “Dushanbe-Varzob” avtomobil yoʻlining 65-kilometrida qor koʻchkisi oqibatida toʻrtta avtomobil qor ostida qolgan.
Odamlarni evakuatsiya qilish va xavfsiz hududga kuzatib borish ishlarini tashkil etish maqsadida qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Hotamsho Latifzoda boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. “Dushanbe – Xoʻjand” avtomobil yoʻli vaqtincha yopildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-