Bugun ko‘p hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

Bugun ko‘p hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
Bugun ko‘p hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

10 fevral kuni Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin.
Ayrim hududlarga tuman tushib, yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Farg‘ona vodiysi bo‘yicha ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -2+3 daraja, shimolda -2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -1+1 daraja iliq bo‘lishi kutiladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-