Navoiyda chorva mollarni vaqtincha togʻ hududlarga olib chiqmaslik tavsiya qilinadi

Navoiyda chorva mollarni vaqtincha togʻ hududlarga olib chiqmaslik tavsiya qilinadi
Navoiyda chorva mollarni vaqtincha togʻ hududlarga olib chiqmaslik tavsiya qilinadi

Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Nurota tumani Boʻston qishlogʻida kunduz kuni boʻrilar yurgani, ular aholi yashash joylariga ham kelayotgani haqida videoxabarlar tarqaldi.
Holat Navoiy viloyati Nurota tumani Ekologiya boʻlimi, Oʻzbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Navoiy viloyat boʻlimi xodimlari hamda tuman IIB boʻlimi tomonidan ishchi guruh tuzilib, tumandagi “Boʻston” MFYning togʻ hududlari oʻrganildi.

Oʻrganish davomida mahalla oqsoqollari bilan suhbat oʻtkazilganda videodagi boʻrilar Nurota tumanining qoʻshni qishloqlari, ya’ni Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanidagi Qoʻshtomgʻoli, Chinoq va Tepalik qishloqlarida sodir boʻlgani aniqlandi.
Ishchi guruh tomonidan ushbu holat boʻyicha Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani ekologiya boʻlimiga xabar berildi.
Shuningdek Nurota tumanidagi “Boʻston” MFYning togʻ hududlari atrofida istiqomat qiladigan aholiga chorva mollarini vaqtinchalik togʻ hududlarga olib chiqmaslik toʻgʻrisida targʻibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-