2023-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion so‘m ajratildi

2023-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion so‘m ajratildi
Prezident oilaviy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy ko‘mak ko‘lamini kengaytirilishini ta’kidladi.
Jumladan joriy yilda:
- tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi;
- dehqon xo‘jaliklariga garovsiz kredit miqdori 50 million so‘mgacha oshiriladi (amalda 33 million so‘m);
- avval oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, yaxshi natija ko‘rsatgan tadbirkorlar ushbu dasturlar doirasida yana imtiyozli kreditlar olishi mumkin bo‘ladi (hozir faqat bir marta olish mumkin);
- kreditlarning bir qismini plastik kartaga olishga ruxsat beriladi.
2023-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion so‘m beriladi (2022-yilda – qariyb 10 trillion so‘m).
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-