Yurtimizda yaqinda ish boshlagan yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha va barcha tibbiyot xodimlariga malakasiga qarab ustamalar to'lanadi

Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘larining  75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmasevtika va boshqa xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;
- 25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizasiya qilish hamda ta’mirlashga sarflanadi.
Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
- tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmasevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar;
- yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;
- oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi stasionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar beriladi.
Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-