O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalar va immunobiologik preparatlar ishlab chiqariladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, O‘zbekistonda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi.
Singapurning «Meynxardt Grup» kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan Loyihalashtirish va injiniring markazi bilan immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi, umumiy qiymati 49 million AQSH dollariga teng farmasevtika korxonasi ochilishi rejalashtirildi.
Korxonada quyidagi preparatlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:
-vaksina, anatoksin, probiotik va eubiotiklar;
-immunoglobulin va immun zardoblari, gen injenerligi yo‘li bilan olingan monoklonal antitanalar;
-immun korreksiyasi, immun tanqisligi muolajasi va profilaktikasida qo‘llaniladigan immunomodulyatorlar (interleykin, interferon, timus gormonlari, miyelopeptidlar, o‘sma nekrozi omili, o‘sish omillari va boshqalar) uchun.
Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-