Sirdaryoda qiymati 10 million AQSH dollar bo'lgan qo'shma korxona faoliyatini boshlaydi
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev Sirdaryo tumanidagi “Peng Sheng” MCHJ qo‘shma korxonasi faoliyati, mahsulotlar ko‘rgazmasi, shuningdek, yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan marmar ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.
Viloyat hokimi va qo‘shma korxona rahbari Dji Kyuxai o‘rtasida muzokara o‘tkazildi. Unda yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi. Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi bilan yaqindan hamkorlik olib borishni taklif qildi va qiymati 10 million AQSH dollarilik keramik plitalar ishlab chiqish loyihasining ikkinchi bosqichini boshlash yuzasidan memorandum imzolandi. Buning natijasida istiqbolda 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.