Mirishkorda qiymati 24 milliard so'm bo'lgan tekstil ochildi

Mirishkorda qiymati 24 milliard so'm bo'lgan tekstil ochildi
Bugun 5-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanning “Mirishkor” MFY hudidagi  2,5 gektar yer maydonida “Mirishkor textile group cluster” MCHJ tomonidan “Samo” brendi ostida tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobidan umumiy qiymati 24 mlrd. so‘m bo‘lgan matodan trikotaj ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Bu orqali hozirda 300 nafar xotin-qizlar bandligi ta'minlandi.
Korxona yanada kengaytirilib, ishchi o‘rinlari sonini 700 taga yetkazish mo'ljallangan.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, Davlatimiz rahbari tomonlaridan to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qator islohotlar olib borilayotgani va eng asosiysi bizda mahsulot ishlab chiqarish uchun paxta xom-ashyosi yetarli ekani va uni qayta ishlash uchun barcha sharoitlar mavjudligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-