O'zbekistonda 27 - yanvarga qadar havo harorati yana pasayishi mumkin

O'zbekistonda 27 - yanvarga qadar havo harorati yana pasayishi mumkin
Joriy yilning 23-27 yanvar kunlari O‘zbekistonning shimoliy hududlariga nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi aytildi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi Matbuot kotibi Munisa Asilxo‘jayeva ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha havo harorati joylarda kechasi 5-18 darajagacha sovishi prognoz qilinmoqda. Hafta davomida Respublikaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida qor yog‘ishi ehtimoli borligi ta'kidlangan. Sovuq havo massasi hafta yakuniga qadar davom etadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-