O‘zbekistonda 7 ballik zilzilalarning ehtimoliy qaytarilish davri kartasi e’lon qilindi

Bu haqda “Uzb_Meteo” kanali xabar berdi. Yuqoridagi xaritada hududlarda 7 ball va undan yuqori kuchga ega zilzilarning ehtimoliy kuzatilishi qancha takrorlanishi keltirilgan.
Masalan, to‘q qizil rangli juda aktiv zonalarda 25 yilda bir, och kulrang hududlarda esa 5000-yilda bir takrorlanishi mumkinligi tasvirlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston va uning atrofida kuzatilgan kuchli zilzilar katalogi ham e’lon qilingan. Katalokda Farg‘ona vodiysi atrofida 838-yil hamda Buxoro atrofida 942-yillar kuzatilgan kuchli zilzila ma’lumotlari ham o‘rin olgan.
MDH davlatlari zilzilalarning ball darajasidagi kuchini aniqlashda ko‘proq MSK-64 shkalasidan foydalanadi. Hozirda ko‘plab mamlakatlarda boshqa shkalalar ham mavjud. 25 yoki 100-yilda bir kuchli zilzila takrorlanish xavfi borligi aynan bir nuqta uchun tegishli emas.