Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi

Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi
Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta yo‘nalishga sirtqi ta’lim uchun qabul bo‘lmaydi

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining xabar berishicha, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining quyidagi 14 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi:
- Matematika va informatika
-Fizika va astronomiya
- Kimyo
-Biologiya
- Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
- O‘zbek tili va adabiyoti
- Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
-O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
- O‘zga tilli guruhlarda rus tili
- Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
-Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
- Maktab menejmenti
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
- Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)

Yuqoridagi ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta'lim uchun pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-