Andijonda hindistonlik yigit o‘zini yoqib yubordi

Andijonda hindistonlik yigit o‘zini yoqib yubordi
Andijonda hindistonlik yigit o‘zini yoqib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrining Bog‘ishamol dahasi hududida noma’lum odamning yongan jasadi topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, 9-may kuni Hindistondan O‘zbekistonga kelgan 37 yoshli fuqaro Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan 21 yoshli hind qizining oldiga borib, unga turmush qurish istagi borligini bildirgan. Qizdan rad javobini olgach, boshqa hindistonlik talabalarga endi hayotning qizig‘i yo‘qligini, o‘z joniga qasd qilishi haqida aytgan va Bobur nomidagi istirohat bog‘i hududidagi adirlikda nomaʼlum suyuqlik yordamida o‘zini yoqib, voqea joyida vafot etgan.
Tibbiy ekspertizaning dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, marhumning tanasi va ichki aʼzolarida biror-bir ko‘rinishdagi tan jarohatlari aniqlanmagan.
Hozirda sud tibbiy, sud kimyoviy va sud biologik ekspertizalari tayinlangan. 
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-