Buxoroda voyaga yetmagan qiz spirtli ichimlik idishi bilan bema’ni qiliqlar qilgani videosi tarqaldi 

Buxoroda voyaga yetmagan qiz spirtli ichimlik idishi bilan bema’ni qiliqlar qilgani videosi tarqaldi 
Buxoroda voyaga yetmagan qiz spirtli ichimlik idishi bilan bema’ni qiliqlar qilgani videosi tarqaldi

IIB holatga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol qo‘lida spirtli ichimlik ushlab, bema’ni qiliqlar qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Xabarlarda bu ayol Qorako‘l tumanidagi maktablardan birining psixologi ekani aytilgan. Viloyat IIB holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

Aniqlanishicha, ushbu videodagi qiz  “Tinchlik” mahallasida yashovchi, tumandagi 4-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabning 10-sinf o‘quvchisi bo‘lib chiqqan.
U ushbu videotasvirni taxminan ikki yil oldin o‘z uyida telefoniga tasvirga olganligi, videotasvir o‘ziga noma’lum bo‘lmagan holatda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganligi aniqlangan.
Tasvirlarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketganidan so‘ng, voyaga yetmagan qizning buvisi tuman IIB  ariza bilan murojaat qilib, sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ushbu videolavha nevarasining telefonidan noma’lum bo‘lgan shaxslar tomonidan qo‘lga kiritilib, roziliksiz internetda tarqatib yuborilganini aytgan va videoni tarqatganlarga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 141/3-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarini oshkor qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-