Jizzaxda ayol 1 yoshdan oshgan farzandini pichoqlab, o‘zini osib qo‘ydi

Joriy yilning 6-may kuni Jizzax viloyatida ayol avval bolasini o'ldirib, keyin o'zini osib qo'ygani aniqlandi. Bu haqda ''Uzreport.news'' ma'lum qilmoqda.
Ayolning qaynonasi, 1998-yilda tug‘ilgan kelini yashash hovlisida joylashgan hojatxonaga o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar qilgan.
Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi borgan vaqtida, ayolning yashash uyida 2022-yilda tug‘ilgan farzandi , qorin sohasiga 2 marta oshxona pichog‘i bilan sanchilgan jarohatlari bilan jasadi topilgan. Surishtiruv jarayonida aniqlanishicha, ayol farzandini o‘ldirib, so‘ng o‘zini osib joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilmoqda.