Farg'onada kelinining boshini uzib, o'ldirgan qaynotaga hukm o'qildi

Farg‘ona viloyatidagi tumanlarning birida 64 yoshli qaynota kelinini avvaliga urib hushidan ketkazgan. So'ngra uning boshini uzib olgan. Mazkur qaynotaga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Xabarlarga ko'ra, mazkur voqea 2022-yil 1-oktyabr kuni Qo'shtepa tumanida sodir bo‘lgan. Hujjatlarida keltirilishicha, 1958-yil tumanning mazkur mahallasida tug'ilgan ayblanuvchi kenja farzandining xotini bilan o'zaro janjallashib qolgan. Janjal davomida qaynota tomonidan qattiq zarb bilan urilgan kelin hushini yo'qotib yerga yiqilgan.
Ayblanuvchi uyda hech kim yo'qligidan foydalanib, kelinini ''Matiz''ga yuklab, uni Farg'ona tumanidagi adirlikka olib borgan. Shundan so'ng oshxona pichog'i bilan hushsiz kelinining bosh qismini tanasidan butkul ajratib olgan. Bosh qismini qora sellofan paketga solib, Oltiariq tumani “Fayzobod” MFYdagi yo'l chetida joylashgan archa daraxti orasiga ilib ketgan.
Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko'ra, marhuma og'ir tan jarohati olgani va ko'p qon yo'qotgani oqibatida vafot etgan.
Holat jinoyat ishlari bo‘yicha Qo'shtepa tuman sudi tomonidan ko'rib chiqilib, ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o'qildi. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi va 134-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topildi. Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismiga asosan tayinlangan jazoni qisman qo'shilib, 13 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan