Tojikistonda qayd etilgan zilzila O'zbekistonga ham ta'sir o'tkazdi
Tojikistonda qayd etilgan zilzila O'zbekistonga ham ta'sir o'tkazdi
Respublika FVV Seysmoprognostik monitoring markazi O'zbekistonda 3-4 balli zilzila kuzatilganini xabar qildi. Ta'kidlanishicha, bugun 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 05:37 da Тojikistonda 5,8 balli zilzila sodir bo'ldi.
O'zbekiston hududida sezilish kuchi: Farg'ona viloyatida 4 ball, 227 km. Andijon viloyatida 4 ball, 256 km. Namangan viloyatida 4 ball, 294 km. Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 413 km. Toshkent shahrida 3-4 ball, 435 km. Jizzax viloyatida 3-4 ball, 467 km. Surxandaryo viloyatida 3 ball, 509 km. Samarqand viloyatida 3 ball, 523 km. Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 614 km. Navoiy viloyatida 3 ball, 666 km. Buxoro viloyatida 3 ball, 739 km.