Endi mamlakatimizda harbiy xizmatchilarga “ijara puli” ipoteka uylari topshirilgunga qadar beriladigan bo‘ldi

Endi mamlakatimizda harbiy xizmatchilarga “ijara puli” ipoteka uylari topshirilgunga qadar beriladigan bo‘ldi

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga ipoteka krediti taqdim etish orqali uy-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindiHujjat bilan harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan (iste’foga chiqarilgan) fuqarolar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy ta’minoti masalalarini oqilona hal etishga qaratilgan tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, ularni imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joy bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish maqsad qilingan. Shu sababli endilikda turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan harbiy xizmatchiga uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi to‘lashning amaldagi 12 oy muddatini turar joyni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish muddatiga qadar uzaytiriladi.

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-