Noqulay ob-havo sharoitida bir nechta mahalliy va xalqaro parvozlar jadvaliga o‘zgarishlar kiritilib, ayrim reyslar bekor qilindi

Noqulay ob-havo sharoitida bir nechta mahalliy va xalqaro parvozlar jadvaliga o‘zgarishlar kiritilib, ayrim reyslar bekor qilindi
Noqulay ob-havo sharoitida bir nechta mahalliy va xalqaro parvozlar jadvaliga o‘zgarishlar kiritilib, ayrim reyslar bekor qilindi.
«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi «Andijon — Samarqand — Andijon» yo‘nalishi bo‘yicha HY049/HY050 reyslari noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilinganini ma’lum qildi.
Shuningdek, «Buxoro — Namangan — Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha HY73/74 reyslari ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilingan.
HY091/HY092 «Toshkent — Andijon — Toshkent» reysi esa o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi, Andijon aeroportiga yetib kelish soat 14:00. Qaytish reysi mahalliy vaqt bilan soat 16:20 ga belgilangan.
Bundan tashqari, «Uzbekistan Airways» HY9605 «Samarqand — Moskva», HY639 «Samarqand — Sankt-Peterburg» yo‘nalishidagi reyslarni ob-havo sharoiti tufayli soat 15:00 ga qoldirdi.
Shuningdek, «Flydubai» aviakompaniyasining «Samarqand — Dubay» yo‘nalishi bo‘yicha FZ770 reysi soat 19:00ga ko‘chirildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-