Samara-Chimkent avtomobil yo'lida o'zbeklar ketayotgan 2 avtobus yo‘lda qolib ketgan

Samara-Chimkent avtomobil yo'lida o'zbeklar ketayotgan 2 avtobus yo‘lda qolib ketgan
Bugun, 11-yanvar kuni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 1153 kilometrida, Irg‘iz tumanidan 20 km uzoqlikda yo‘lovchi avtobusi yo‘lda qolib ketgan.
Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Avtobusda 3 nafar Qozog‘iston va 38 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan.
Noqulay ob-havo, yo‘lning yopilishi munosabati bilan barcha yo‘lovchilar Irg‘iz qishlog‘idagi umumta’lim maktabiga joylashtirilgan.
Shu kuni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 968-kilometrida, Qorabutoq qishlog‘idan 2 km uzoqlikda, yo‘lovchi avtobusi uchun ham yordam zarurligi haqida ma’lumot kelib tushgan. Ushbu avtobusda jami 31 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Ular Qorabutak qishlog‘i masjidiga joylashtirilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-