Qashqadaryoda jazmanini  o‘ldirib, yalong‘och holda uyiga tashlab ketgan erkak ozodlikdan mahrum etildi

Qashqadaryoda jazmanini  o‘ldirib, yalong‘och holda uyiga tashlab ketgan erkak ozodlikdan mahrum etildi
Qashqadaryoda jazmanini  o‘ldirib, yalong‘och holda uyiga tashlab ketgan erkak ozodlikdan mahrum etildi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida 36 yoshli ayol 37 yoshli jazmani tomonidan urib o‘ldirilgan.  Holat yuzasidan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Voqea 2023-yil 1-yanvar kuni sodir bo‘lgan. 1987-yilda viloyatning Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan ayol  Shahrisabz tumanining Tepar qishlog‘ida yashovchi tanishi  bilan ishqiy munosabatga kirishish uchun boshqaruvidagi Lacettiʼda ochiq dala maydoniga borgan.
Mazkur dala maydoniga borgan 36 yoshli ayol va 37 yoshli erkak o‘zaro tortishib qolgan. Shunda ayol tanishining g‘ururiga teguvchi so‘zlar aytib, uni haqorat qilgan. Erkak esa tanishini qo‘li bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng ayol qochib ketgan. Bir oz vaqt o‘tgach yana mashina yoniga qaytgan. Bundan g‘azablangan erkak uni daraxt shoxlari bilan urib, hushini yo‘qotishiga sabab bo‘lgan. 
Aytilishicha, erkak unga og‘ir tan jarohati yetkazgach, yalang‘och holda Lacettiʼsiga mindirgan, shu holatida hovlisining yoniga olib borib tashlagan. Ayolning 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan o‘g‘li  onasini ko‘rib qolib, qo‘shnilarini yordamga chaqirgan. 2023-yil 2-yanvar kuni soat 03:00 larda ayol tez yordam mashinasida Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. 
Sudda sudlanuvchi va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglanib, sabablar ham muhokama qilindi. Sudning tegishli qarori bilan aybdor ozodlikdan mahrum etildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-