Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga moddiy yordam beriladi  

Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga moddiy yordam beriladi  
Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga moddiy yordam beriladi 

Qonunchilikka ko‘ra, har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:
boquvchisi xorijga mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalarga BHMning 2 baravari (660 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;
mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;
mehnat migrasiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekistonda ular bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma beriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-