O‘zbekistonda 1-maydan Nogironligi bor bolalarning ota-onalariga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi

O‘zbekiston qonunchiligida 2023-yil 1-maydan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Ulardan biri
Nogironligi bor bolalarning ota-onalariga mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishidir.

Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxsga) yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa aʼzosiga nogironligi bo‘lgan bolaning yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi, jumladan:
-statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi;
-bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxslar (ota-onasi va boshqalar) uchun davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yiladi.
Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-