Davlat kadastrlari palatasi va Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan sayyor qabul o'tkazildi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi   Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida belgilangan reja asosida tuman va shaharlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, sohaga oid murojaatlar atroflicha o‘rganilmoqda.
Bugun Yangihayot tumanida bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i B.Tashxodjayev, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i J.Karimov tomonidan yigirmaga yaqin  fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va muammolari tinglandi. Bundan tashqari, qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi.
Qabul davomida tuman aholisining ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir murojaatlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. E’tiborlisi, murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.
Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-