Qashqadaryoda kadastr xodimlari 2 million gektar qishloq xo'jaligi yerlarining elektron xaritasini yaratishdi

Qashqadaryoda kadastr xodimlari 2 million gektar qishloq xo'jaligi yerlarining elektron xaritasini yaratishdi
Qashqadaryoda kadastr xodimlari 2 million gektar qishloq xo'jaligi yerlarining elektron xaritasini yaratishdi

Qishloq xo‘jaligi yerlarini to‘liq kadastr xatlovidan o‘tkazish ishlari ilk bor Qashqadaryo viloyatida boshlangan edi.
Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning filiallari tomonidan Qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish, ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish va ushbu yer maydonlarining elektron xaritalarini yaratish ishlari davom etmoqda.
Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida 2 million 850 ming gektardan ziyod yer maydonlari mavjud. Shundan 2 330,949 gektari qishloq xo'jaligi toifasidagi yerlardir.
2023-yil 9-fevral holatida kadastr idorlari tomonidan ikki million gektardan ziyod qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydonlari hisobga olinib, 1million 800 ming gektardan ziyodi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan va ularning elektron xaritalari yaratilgan.
Hozirgi kunda ham viloyatda qishloq xo‘jaligi toifasidagi fermer xo'jaliklari, ipakchilik va junchilik sanoat yerlari, boshqa korxona tashkilot yerlari, yordamchi qishloq xo'jaligi yerlari,shaxsiy tomorqa yerlari, ijara huquqi va umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan dehqon xo'jaligi yerlari, fuqarolarga berilgan chorvachilik bog'dorchilik, issiqxona, sabzavot yerilarini hisobga olish, ularni UZKAD tizimiga tushirish ishlari davom etmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-