Namanganda talaba o'zini yoqib yubordi
Namanganda talaba o'zini yoqib yubordi
Effect.uz ning maʼlum qilishicha,
Namangan muhandislik qurilish instituti talabasi oraliq imtixondan oʻtolmasdan, oʻzini yoqib yuborgan.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 10-fevral kuni soat Fargʻona viloyati, Beshariq tumani yashagan, Namangan muxandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi 20.04.2002-yilda tugʻilgan fuqaro oliygohda 5 ta fandan oraliq imtixonlarni topshira olmaganligi sababli, qayta topshirishga qolib ketgan.
Guruh raxbari talabaning otasiga qoʻngʻiroq qilib, oʻgʻli yuqoridagi 5 ta fanlardan oraliq imtixonlarni topshira olmaganligi haqida ogohlantirgan.
Oʻz navbatda ota oʻgʻliga telefon orqali tanbeh bergan. Shundan soʻng, talaba o'zini yoqib yuborgan.
Tibbiy maʼlumotga koʻra, talabaning badanida, alangadan tanasining 50% qismida chuqur kuyish jaroxatlari mavjudligi koʻrsatilgan. Shifkorlar tomonidan koʻrsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 13.02.2023-yil kuni shifoxonada vafot etgan.