Sochlar nima uchun tez - tez yog'lanadi?

Sochlar nima uchun tez - tez yog'lanadi?
Sochlar nima uchun tez - tez yog'lanadi?

Bu muammo sochlaringiz siyrak yoki qalin, sogʻlom yoki, aksincha, shikastlangan boʻlishidan qatʼi nazar paydo boʻlishi mumkin. Chunki sabab sochda emas. Balki boshni tez-tez yuvayotgandirsiz? Sochlarning tez yogʻ boʻlishining sizga maʼlum boʻlmagan sabablari quyida havola etiladi.
Sochga qoʻl bilan tez-tez tegish
Bekorchilikdan, noz-karashma qilganda bilmagan holda barmoqlar bilan sochlarni tarab oʻtirish odatga aylanishi. Mushkul muammoni hal qilayotganda, shubhasiz, qoʻllaringiz bilan boshingizni ushlaysiz. Odatlaringizga eʼtiborli boʻling — yuqoridagi harakatlarning barchasi kaftlardagi tabiiy yogʻning soch tolalariga oʻrnashib qolishiga olib keladi.
Boshni kunora yuvish
Gʻalati paradoks, ammo haqiqat. Shampun sochlar va bosh terisidagi tabiiy yogʻlarni ketkizadi, bu ularning quruq boʻlib qolishiga va organizm yoʻqotishlarni qoplash uchun koʻproq yogʻ ishlab chiqarishiga sabab boʻladi. Kunora ehtiyojsiz ravishda bosh yuvish yaramaydi. Sochingizni haftasiga ikki marta yuvish kifoya.
Muammo konditsionerdadir?
Balki siz juda kuchli konditsioner turini tanlagan boʻlishingiz mumkin, bu sochingizni ogʻirlashtiradi va ular chigal boʻlmaydi. Konditsionerni qoʻllagandan keyin yaxshilab yuvib tashlanmasa, soch uchlariga emas, ildiziga koʻp surtilsa ham, sochlar tez yogʻlanadi.
Sochlarni tez-tez tarash
Bosh terisini massaj qilish yoqimli va foydali, ham sochlarning chigali ochiladi. Ammo tarash vaqtida yogʻ ishlab chiqarish ikki hissa ortadi.
Kir taroqlar
Kir taroqlardagi yopishqoq qatlam oʻziga chang toʻplaydi va undan foydalanayotganda toza sochlarni ham yogʻlantiradi.
Ukladka taroqda sochlarning toʻplanishi
Soch yogʻlanishining yana bir sababi shuki, ukladka taroqni ishlatish vaqtida unda avvalgi safarlardan qolgan sochlarning boʻlishi. Bu bilan taroqdagi sochlar yogʻini yangi yuvilgan sochlaringizga oʻtkazasiz. Bu eng keng tarqalgan sabab, ammo koʻpchilik buni bilmaydi.
Parvarish vositalarini notoʻgʻri tanlash
Parvarish vositalari soch turiga mos kelmasligi mumkin. Oddiyroq mahsulotlarni tanlang va “jilo beruvchi va namlovchi” xususiyatlarni vaʼda qiladigan mahsulotlardan qoching. Chunki ular quruq va taʼsirchan sochlarga moʻljallangan, siz uchun esa bular ortiqcha.
Sochning dam olishiga yoʻl qoʻymaysiz
Agar muntazam quruq shampundan foydalansangiz, ertami-kechmi, bosh terisidagi teshikchalar yopilib qoladi. Oyiga 3-4 marta quruq sochga moʻljallangan shampun bilan birga tozalovchi va jilo beruvchi shampunlarni ham qoʻllab turish soch va bosh terisi salomatligini tiklaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-