Uchuq inson tanasida qachon paytda paydo bo'ladi, va undan qanday xalos bo'lish mumkin?

Kunlar sovushi bilan ayrim insonlarda tez-tez uchuq toshish holati kuzatiladi.
Bu nimaning alomati? Uchuqning qanday asoratlari bor?
Oliy toifali shifokor Sevara Xusanovaning ta'kidlashicha,
— Gerpes yoki xalq tilida uchuq deb ataluvchi ushbu kasallik virusli infeksiya hisoblanadi.
Uchuq asosan og‘iz va burun atrofida kuzatiladi. Odatda infeksiya bilan inson bolalik chog‘ida to‘qnashadi. Virus odamga kasal oila a’zosi yoki qarindoshlari orqali yuqishi mumkin.
Shuningdek, infeksiya bola organizmiga homiladorlik paytida tushishi mumkin.
Ko‘pchilik gerpesni shamollash alomati, deb o‘ylaydi va uni davolashga yetarlicha e’tibor qaratmaydi. Uy sharoitida o‘zboshimchalik bilan turli muolaja usullarini qo‘llashga harakat qiladi. Vaholanki, surunkali davom etayotgan uchuq toshmasi organizmdagi viruslar ta’sirida yuzaga keladi.
Labdagi uchuq pufakchalarini igna bilan yormang va unga spirt surtmang. Chunki pufakcha ichidagi suyuqlik lab atrofi yoki yuz, ko'z va tananing boshqa a'zolariga ham tarqab, infeksiya ko'payishi mumkin.
Agar virusni davolashga yetarlicha e’tibor berilmasa, teri, shuningdek asab tizimida jiddiy muammolar yuzaga kelishi ham mumkin. Shu bois uchuqning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, mavsumga mos kiyinish, immunitet mustahkamligiga e’tibor qaratish zarur.