Toshkentda kinologlar uchun sinov mashqlari o‘tkazildi

Toshkentda kinologlar uchun sinov mashqlari o‘tkazildi
Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasiga qarashli chegara maskanlarida mamlakatimizga xorijdan kirib kelayotgan va chet davlatlariga chiqib ketayotgan karantin osti yuklarini nazorat qilishda zararli organizmlarni aniqlashda kinologlar va ularga biriktirilgan ditektor itlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Kinolog mutaxassislar bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida boshqarma tomonidan ular uchun maxsus sinov mashqlari tashkil etildi.
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 305 mingdan ortiq karantindagi zararli organizmlar mavjud bo‘lib, ularni yurtimiz hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish dolzarb masala. Shu boisdan chegara maskanlariga biriktirilgan inspektor xodimlarning bu boradagi ahamiyati yuqori. Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyosi boshqarmasiga qarashli chegara maskanlarida mamlakatimizga xorijdan kirib kelayotgan va chet davlatlariga chiqib ketayotgan karantin osti yuklarini nazorat qilishda, zararli organizmlarni aniqlashda, kinologlar va ularga biriktirilgan maxsus tayyorlov itlarini faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Kinolog mutaxassaslar bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida boshqarma tomonidan sinov mashqlari tashkil etildi.
Ma’lumot uchun bugungi kunda boshqarma tarkibida 6 nafar kinologdlar o‘zlarining maxsus tayyorlov itlari bilan yurtimiz hududiga noqonuniy tarzda kirib kelayotgan karantin osti mahsulotlarini aniqlashda xizmat qilib kelmoqda. Joriy yilning 9 oyi davomida boshqarma tarkibidagi kinologlar guruxi tomonidan asosan yevropa mamlakatlaridan 411 ta holatda fitosanitar xavfi yuqori bo‘lgan zararli ko‘chatlar olib kirilishi to‘xtatib qolingan.
Aytish kerakki bu kabi mashg‘ulotlarning muntazam ravishda o‘tkazilishi kinologlar faoliyatini samarali tashkil etish va bu orqali o‘simliklar karantini sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-