“KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI”
O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida qonuni va boshqa qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati tizimida korrupsiyaviy holatlarga qarshi kurashishning umumiy qoidalarini va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etilishida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tamoyillar va chora-tadbirlarning majmuini belgilab beradi.
Shuningdek, mazkur siyosat tizimdagi xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda har qanday shakldagi va darajadagi korrupsiyaviy faoliyat bo‘yicha yagona tushunchani hosil qilish, shunday faoliyatga aralashib qolish bilan bog‘liq xavf-xatarlarni kamaytirishning vazifalarini va usullarini ifodalash maqsadini ko‘zlaydi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati tizimini “Korrupsiyasiz.... soha”ga aylantirish Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining eng asosiy vazifasi sifatida belgilangan
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan Qonun, qarorlar va farmonlar talablaridan kelib chiqqan holda va ularning ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarmada korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida alohida nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
Hozirda Boshqarma tomonidan mavjud 5 ta tashqi iqtisodiy faoliyat “Chuqursoy”, “Ark buloq”, “Toshkent avia yuklar”, “Sergeli” TIF hamda “Toshkent xalqaro ayeroporti”, “Toshkent temir yo‘l vokzali”, “Xalqaro pochtam” “Hamza”, “Sobir Rahimov” o‘simliklar karantini chegara maskanlarida korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan turli xil targ‘ibot-tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Xususan, ushbu targ‘ibot tadbirlarida tegishli davlat organlari mutaxassislarini jalb qilgan holatda korrupsion holatlarning uchrashi natijasida duch kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar va bu holatlarning oqibatlari to‘g‘risida boshqarma xodimlariga tushunchalar berib kelinmoqda.
Hozirgi kunga qadar ayni shu yo‘nalish bo‘yicha joylarda 20 ga yaqin uchrashuv, tadbirlar hamda “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu illatning oldini olish maqsadida xodimlarning huquqiy savodxonligini korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga va holatlarga shart-sharoit yaratishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi to‘g‘risida doimiy ravishda huquqiy targ‘ibot hamda ma’rifiy-tarbiyaviy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning umumiy ishimiz va maqsadimizga aylonmog‘i darkor. Bu illatga qarshi ayovsiz kurash olib borish, har birimizning muqaddas burchimizdir!
KAMOLA SOBITJONOVA,
Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi